Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasining 2023-yil kuzgi mavsumini tashkil etish yuzasidan obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” PF 60-sonli Farmoni hamda 2023-yil 11-oktyabrdagi “Turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini toʻliq ishga solish”, “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini tashkil etish masalalari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektorda belgilangan vazifalarga asosan, koʻkalamzorlashtirish tizimini samarali tashkil etish maqsadida OʻzDJTU va Darxon ilmiy tajriba xoʻjaligi oʻrtasida 2023-yil 18-oktyabrda 156-sonli oldi-sotdi shartnomasi imzolanib, 21 turdagi manzarali daraxtlar xarid qilindi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Uchtepa tuman hokimiyati tomonidan berilgan topshiriqqa muvofiq, 2023-yilning kuzgi mavsumida universitetga yuklatilgan 1000 tup ko’chat o’tqazish vazifasiga asosan, 3-noyabr kuni O’zDJTU Uchtepa tumani G9A mavzesi Kichik halqa yoʻli koʻchasi 21-uy, Zakovat koʻchasi 4-uy hamda Chilonzor tumani Muqumiy ko’chasi 8-uy manzilidagi hududlariga 461 tup manzarali daraxtlar ekildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube