Joriy yilning 19-20 yanvar kunlari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ingliz tilini oʻqitishning yangi usullari: yutuqlar, muammolar va yechimlar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan bugun xalqaro ilmiy-amaliy anjumanni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita aʼzolari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda amalga oshiriladigan ishlar rejasi muhokama qilindi hamda tegishli masʼullarga jarayondagi kutilayotgan muammolarni bartaraf qilish boʻyicha yoʻnalishlar va tavsiyalar berib oʻtildi.