O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha 1-prorektor V.Sa’diyev, Kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi D.Matyoqubovdan iborat mas’ullar oliygoh faxriylarini Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi.

Dastur avvalida O’zDJTU Yoshlar ittifoqi yetakchisi E.Qo’ng’irtov tomonidan marosim ishtirokchilariga “Sharaf” lentalari taqildi. 

So’ng rektor faxriylarga o’z samimiy tilaklarini bildirib, Kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan taqdim etilgan sovg’alar va tabriknomalarni topshirdi.

2024-05-13 02-08

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi