“Yosh olimlar” to‘garagining 13-fevral kuni o‘tkazilgan navbatdagi mashg‘uloti “Christopher Buckley siyosiy-satirik asarlarining badiiy o‘ziga xosligi” mavzusiga bag‘ishlandi.

Mashg‘ulot davomida adib ijodining asosiy xususiyatlari, uning siyosiy satira janridagi o‘rni hamda badiiy ifoda vositalaridan foydalanish mahorati atroflicha tahlil qilindi. Xususan, yozuvchining zamonaviy siyosiy jarayonlarni kinoya va istehzo orqali yoritish uslubi alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Talabalar asarlardagi obraz yaratish mahorati, satirik ohang, ijtimoiy tanqid unsurlari hamda voqelikning badiiy talqini yuzasidan fikr almashdilar. Interaktiv savol-javob va muhokamalar orqali satira vositasida jamiyat muammolarini ochib berish yo‘llari misollar asosida ko‘rib chiqildi.

Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilar siyosiy-satirik matnni tahlil qilish ko‘nikmalarini yanada mustahkamlab, mavzu yuzasidan mustaqil va asosli xulosalar chiqardilar. 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube