Yosh o‘quvchilar uchun ingliz tili mashg‘ulotlari qiziqarli tarzda tashkil etilmoqda!

Toshkent shahar Shayxontohur tumani 84-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti talabalari tomonidan 6–7-sinf o‘quvchilari uchun ingliz tili to‘garaklari o‘tkazilmoqda.

 

 

XT2-2403 guruhi talabalari Xusanova Oydinoy, Ozodova Asalxon va Fayzimurodova Gulmira faol va mazmunli dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Mashg‘ulotlar davomida bolalarning yoshiga mos, sodda va tushunarli topshiriqlar orqali ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish yanada kuchaytirilmoqda.

Dars jarayonida o‘quvchilar ingliz tilidagi kundalik iboralar va fe’llarni rasmlar, harakatli o‘yinlar, juftlikda ishlash hamda qisqa suhbatlar orqali o‘rganishmoqda. Har bir topshiriq o‘quvchilarning fikrlashini faollashtirish va ularni erkin muloqotga undashga yo‘naltirilgan.

Bunday mashg‘ulotlar natijasida o‘quvchilarda ingliz tilida so‘zlashishga bo‘lgan ishonch ortib, ularning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi mustahkamlanmoqda.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube