Yosh tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash – kelajak sari muhim qadam
16-iyul sanasida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida iyun–avgust oylari “Yoshlar kuni” doirasidagi reja-grafikning tegishli bandi ijrosi yuzasidan Savdo-sanoat palatasi hamda soha mutaxassislari ishtirokida Zoom platformasi orqali yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishga bagʻishlangan tarmoq tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor M. Chutpulatov, Talabalar amaliyoti boʻlimi, Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash boʻlimi mutaxassisi Maftuna Yuldosheva hamda fakultet dekanlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlar va bitiruvchilarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozli kreditlar, grant va subsidiyalar, “Yoshlar biznesi” hamda “Kelajakka qadam” dasturlari mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, bank va biznes sohasi vakillari F. Akmalov, T. Abdukarimov hamda I. Nosirjonov tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, biznes loyihalarni moliyalashtirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish boʻyicha amaliy tavsiyalar hamda foydali tavsiyalar bilan oʻrtoqlashdilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olib, tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirish borasidagi zarur maʼlumotlarga ega boʻldilar.
2026-07-17 10-08