Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan Universitet Sun'iy intellektining namoyishi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida loyihaning maqsadi va universitet uchun qulayliklari to'liq tushuntirib berildi. Shu bilan birga loyiha to'liq ishlashi uchun zarur bo'lgan resurslar aytib o'tildi.
Suhbat yakunida universitetimiz rektori I.M.Tuxtasinov loyiha bilan tanishdilar va zarur topshiriqlarni berdilar.