“Yoshlarni eshitamiz” — diplomatik vakillar va talabalar uchrashuvi

Joriy yilning 22-yanvar kuni “Yoshlar ijod saroyi”da O‘zbekiston Respublikasining turli xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari vakillari hamda yoshlar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

“Yoshlarni eshitamiz” shiori ostida o‘tkazilgan davra suhbatida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti, Xalqaro munosabatlar ta’lim yo‘nalishi talabalari ham faol ishtirok etdilar.

“Siyosiy fanlar” kafedrasi dotsenti, siyosiy fanlar nomzodi Tursunmurod Mamatqobilov boshchiligida tadbirda qatnashgan talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, ustozlar tomonidan berilgan nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-sentabrdagi 550-son qaroriga muvofiq, vazirliklar, idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etishi vazifasi belgilangan.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube