Yotoqxonalarda qolgan talabalar bilan ishlash alohida nazoratda

Universitetning barcha talabalar turar joylarida qolgan talabalar bir joyga jamlanib, ular ustidan nazorat kuchaytirildi.

Rektor Ilhomjon Tuxtasinov topshirig‘iga asosan ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun turli tadbirlar yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan, sport musobaqalari, ijodiy tanlovlar va ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etildi. Ayrim sport musobaqalarida rektorning talabalar bilan birgalikda ishtirok etgani yoshlarga qo‘shimcha motivatsiya bag‘ishlab, bayram kunlarini yanada ko‘tarinki ruhda o‘tkazishga zamin yaratdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube