Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi

Texnik foydalanish va xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i lavozimi vazifalari:

- Moddiy javobgar shaxs sifatida universitet hisobidagi moddiy qiymatliklardan foydalanish, saqlanishini nazorat qilish hisobotini olib boradi;

- Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini o‘tkazish tadbirlarini tashkil qiladi;

- Universitet ma’muriy va boshqa binolarini ta’mirlash istiqbol rejasini ma’sul xodimlar hamkorligida ishlab chiqishda ishtirok etadi;

- Ma’muriy binodagi mavjud ish joylaridan unumli foydalanish va xodimlar uchun zarur mehnat shart-sharoitlarni yaratib berishni tashkil qiladi;

- Universitet hududi va binolarida kommunal xizmatlardan foydalanishni hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlardan foydalanish jarayonida xodimlar tomonidan tejamkorlikka qat’iy amal qilinishini nazorat qiladi;

- Kuz-qish mavsumiga amaliy tayyorgarlik ko‘rish, natijasi bo‘yicha Ishlar boshqarmasi boshlig‘iga hisobot taqdim etadi;

- Universitetning xo‘jalik bo‘limlaridagi kichik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ish rejasini tuzish va uning bajarilishi yuzasidan nazorat olib boradi;

- Universitetga yuk xati orqali qabul qilingan moddiy qiymatliklarni yaxshi saqlanishini, undan unumli foydalanilishini nazorat qiladi, ta’mirtalab holatga kelib qolganlarini o‘z vaqtida ta’mirlashni tashkil qiladi hamda ma’naviy va jismoniy eskirgan, yaroqsiz bo‘lib qolganlarini komissiya ishtirokida hisobdan chiqarishda ishtirok etadi. 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube