Yoshlar akademiyasi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022-2026-yillarda O’zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-165-son Farmoni, “2022-2026-yillarda O’zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-307-son, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug’ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo’llab quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 222-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 9-avgustdagi “Talaba va yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish tadbirlarini tashkil etish to’g’risida”gi 351-son buyrug’ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, tashabbuskor yoshlar tomonidan taklif qilingan startap loyihalarni rivojlantirish, yoshlarni innovatsion tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur infratuzilma, zamonaviy asbob-uskunlar bilan ta’minlash, ularga moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlari ko’rsatish va iqtidorli yoshlarni qo’llab quvvatlash maqsadida Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi tasarrufida bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli hamda 2023-yil 8-avgustdagi 349-sonli buyrug’i yuzasidan Universitetda Yoshlar akademiyasi liderlari tizimi yo’lga qo’yildi. Xususan, har bir fakultetdan bittadan jami 9 nafar lider va Universitet Yoshlar akademiyasi lideri saylandi. Hozirda “Rektor va iqtidorli talabalar uchrashuvi” bilan birgalikda, Yoshlar akademiyasi liderlari faoliyatiga doir davra suhbatlarini tashkil qilindi https://t.me/yoshlarakademiyasi_uzdjtu .