Chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasiga (kelishi uchun viza rasmiylashtirish tartibi
(Xorijiy mutaxassislar va talabalar uchun)
Vizani O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik idoralari orqali olish tartibi:
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar faqat viza asosida O‘zbekiston hududiga kiraradi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga ishga yoki o‘qishga qabul qilingan chet el fuqarolari universitet xalaro hamkorlik bo‘limi eliktron pochtasiga o‘zining xorijga chiqish pasportining PDF nushasini yuboradi. Uninversitat mas’ul hodimlari chet el fuqarosiga 15 ish kunida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yozma iltimosnomasi (viza talabnomasi) asosida viza rasmiylashtiriladi.
Shuningdek,
- 2019-yil 1-fevraldan boshlab chet el fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar ro‘yxati (https://lex.uz/docs/4143188?query=vizasiz%20rejim#4152590 )
- 2019-yil 1-fevraldan boshlab chet el fuqarolari elektron kirish vizasini olish imkoniga ega bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati. (https://lex.uz/docs/4143188?query=vizasiz%20rejim#4152590 )
Universitet chet el fuqarolari uchun - 15 kundan 365 kungacha (1-yil) bo‘lgan muddatga viza rasmiylashtirish imkoniga eda.
Chet el fuqarolari universitet tomonidan yuborilgan vizani O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik idoralari hamda Toshkent xalqaro aeroport orqali rasmiylashtiradilar. Bunda chet el fuqarolarolari pasportini konsullik idorasiga topshiradi va konsullik idoralari tomonidan belgilangan vaqt ichida viza olishadi.
Chet el fuqarolari albatta O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan kuni yoki keying kuni universitet xalaro hamkorlik bo‘limiga kelib kelganligini ma’lum qilishi lozim. Sababi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kirgan chet el fuqarosi 72 soat ichida O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tmasa O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda jarimaga tortiladi.
Viza muddatini uzaytirish tartibi:
Chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi hududida viza muddatini uzaytirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari orqati amalga oshiriladi.
Bunda - chet el fuqarolari viza muddati tugashiga 15 kun qolganda universitet xalaro hamkorlik bo‘limi mas’ul xodimiga shahsiy pasportini topshiradi. Universitat mas’ul xodimi yozma iltimosnomasi (Ariza) asosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarmasi yoki uning hududiy bo‘limlariga viza uzaytishish uchun hujjatlarni topshiradi. Vaza 10 ishkunida ko‘rib chiqilada va rasmiylashtiriladi. Viza olingan kundan boshlab 72 soat ichida (3 ish kuni) universitat mas’ul xodimi chet el yashayotgan hududdagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari orqari viza muddati bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazadi.