Ingliz tili amaliy fanlar №2 kafedrasi
Kafedra 2021 yil sentaybrdan faoliyatini boshlagan.
Asosiy shtatda (18 nafar professor-o’qituvchilar mavjud bo’lib, shundan 1 nafari PhD ilmiy darajasiga ega)
Kafedraning asosiy maqsadi va asosiy vazifalari:
Ingliz tili amaliy fanlar №2 kafedrasi O‘zDJTU Ingliz tili ikkinchi fakul'tetining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Mazkur kafedra O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Vasiylik kengashining 2021 yil 7 iyuldagi yig‘ilishi qarori va Universitet kengashining 2021 yil 27 maydagi 10-son yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan bayonnomasi asosida tashkil etilgan. Kafedra vazifalari xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) ta'lim yo‘nalishi birinchi bosqich talabalari uchun ”Til ko‘nikmalari integratsiyasi”, ”O‘qish va yozish amaliyoti” va ”Til aspektlari amaliyoti” fanlari bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ustoz-shogird ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash ishlar amalga oshirishdan iborat.
Kafedra faoliyati o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy axloqiy va tarbiyaviy hamda tashkiliy-uslubiy ishlarni qamrab olgan istiqbol va joriy (yillik) rejalarga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi kafedra mudiri raisligida o‘tkaziladigan majlislarda muhokama qilinadi. Kafedra majlislariga boshqa kafedralar va O‘zDJTU xodimlari taklif etilishi mumkin.
Kafedraning asosiy faoliyati yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
• Rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma'naviy va axlokiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;
• Kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta'lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta'lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish; Kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga xulosalar tayyorlash;
• Darslik, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muhokamasini talab darajasida o‘tkazish, ta'lim sifatini ta'minlash; Talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertasiyalariga, shuningdek mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
• Talabalar biliminin kredit-modul tizimi asosida nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
• Iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan ta'limga oid jamg‘armalar tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ta'limini tashkil etishning shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish; Talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosida tashkil etish, iqtidorli talabalarni tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;
• Tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash;
Kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma'naviy-ma'rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish va ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
Zamonaviy pedagogik va axborot kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta'lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy komp'yuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish;
Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertasiyalarini ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta'lim xujjatlarining me'yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibidan ishtirok etish;
Byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshka xujaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
O‘zDJTU bitiruvchilari hamda mazkur kafedrada stajyor-tadqiqotchi izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchi bo‘lganlar bilan muntazam aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish;
Kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta'lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;
Xorijiy ta'lim muassasalari bilan ta'lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
• Talabalarning qiziqishlarini e'tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha tugaraklar tashkil kilish, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish; Universitet axborot-resurs markazini kafedra ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorat kilish.
Kafedrada oʻqitiladigan fanlar:
1-kurslarda: “Til ko‘nikmalari integratsiyasi”, “O‘qish va yozish amaliyoti” va ”Til aspektlari amaliyoti” fanlari
3-kurslarda: Nazariy fonetika fanlari
Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari: ingliz tili amaliy fanlar 2 kafedrasi tashkil etilganiga qisqa muddat bo’lgan bo’lishiga qaramasdan kafedradagi barcha o’qituvchilar ilmiy tadqiqot ishlari olib borishga jalb etilgan. 2024 yilda rejaga asosan 2 nafar o’qituvchi PhD ilmiy ishini himoya qilishi kutilmoqda. Kelgusi yillarda ham himoya rejalari ishl;ab chiqilgan. Bundan tashqari o’qituvchilar ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida turli xil ilmiy seminar treninglarda ishtirok etib kelmoqdalar.
Kafedra yutuqlari:
- ingliz tili amaliy fanlar 2 kafedrasida 2022 yilning avgust oyida N.F.Mamatqulovaning PhD ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishi himoyasi bo’lib o’tdi.
- Ingliz tili amaliy fanlar 2 -kafedrasidan, 2021-2022 o‘quv yilida 2 nafar o‘qituvchi, Yu.Normatova va Z.Xasanovlar Buyuk Britaniyaning Portsmut universitetida kasbiy malakasini oshirdi.
- kafedra o’qituvchisi Yu.Normatova 2023 yil iyun oyida Buyuk Britaniyaning Stafford house school markazida Teacher training kursini tamomladi va Level 5 bo’yicha CELTA pass sertifikatiga ega bo’ldi va Iyun oyida London shahrida tashkil etilga o’zbek madaniyati festivalida ishtirok etdi.
- Ingliz tili amaliy fanlar 2 -kafedrasidan N.Mamatqulova Birlashgan Arab Amirliklari, Dubay shahrida 2023 yil 10-12-mart kunlarida bo‘lib o‘tgan “Navigating the Classrooms of Tomorrow” Dedicated to Excellence In TESOL Education, Training and Leadership nomli TESOL Arabia halqaro konferensiyasida “CREAM strategy for post-COVID teaching practices” nomli o‘z trening taqdimoti bilan ishtirok etdi.
Kafedrada asosiy shtatda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar ro‘yxati
1 |
Мamatqulova Nilufar Fayzullaqulovna |
Kafedra mudiri (PhD) dotsent |
2 |
Тrigulovа Тatyana Aleksandrovna |
Katta O'qituvchi |
3 |
Begmatova Sohiba Mustafoyevna |
Katta o'qituvchi |
4 |
Raxmonоvа Sardorа Mo'minjonovna |
Katta o'qituvchi |
5 |
Qodirovа Маftuna Davron qizi |
O'qituvchi |
6 |
Davlatova Vazira Otabek qizi |
O'qituvchi |
7 |
Хаydarova Go'zal Xamdamjon qizi |
O'qituvchi |
8 |
Каljanovа Gulmira Barliqbay qizi |
O'qituvchi |
9 |
Ahadova Hulkaroy Zarifxon qizi |
O'qituvchi |
10 |
Normatova Yulduz Nurnazarovna |
O'qituvchi |
11 |
Abdullah Paduvath |
O'qituvchi |
12 |
Raxmonqulova Zarnigor Nasimjon qizi |
O'qituvchi |
13 |
Маmanabiyevа Shaxrizodа Sharofiddin qizi |
O'qituvchi-stajer |
14 |
Xudoynazarova Dildora Shonazar qizi |
O'qituvchi-stajer |
15 |
Fayziyev Alisher Fatxiddin o'g'li |
O'qituvchi-stajer |
16 |
Xolnazarova Vazira Bozor qizi |
O'qituvchi-stajer |
17 |
Abduvaliyeva Nigora Rovshan qizi |
O'qituvchi-stajer |
18 |
Jumanova Sabrina Vaydullo qizi |
O'qituvchi-stajer |
Ichki o'rindoshlar |
||
1 |
Muxammedova Hulkar Eliboyevna |
ichki o'rindosh (dotsent) |
2 |
Xasanov Zafar Baxtiyorovich |
ichki o'rindosh (o'qituvchi) |
3 |
Jumayev Ashurali Eshkeldi o'g'li |
ichki o'rindosh (o'qituvchi) |
4 |
Jonibekova Mehriniso |
ichki o'rindosh (stajyor-o'qituvchi) |