Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi
2021-yilning 26-avgust sanasida universitet kengashi qaroriga asosan “ingliz tili tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasidan ajralib chiqdi va “ingliz tili amaliy tarjima” kafedrasi deb yuritila boshladi. 2021-2022 o‘quv yilidan baxtiyarov muxtorjon yakubovich kafedra mudiri sifatida faoliyat boshladi. Hozirgi kunda kafedrada 31 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi (24 nafari asosiy, 7 nafari o‘rindosh, jumladan, 5 nafar fan nomzodi (phd), 2 nafar v.b. dotsent 5 nafar katta o‘qituvchi, 6 nafar o‘qituvchi).
2024-yilning 5-mart kuni kafedra v.b. dotsenti, phd e.t.tursunnazarova turkiya davlati ege universitetida ilmiy tadqiqot mavzusi doirasida seminar tashkil qilib, tajriba almashib qaytdi. Uchrashuv davomida universitet professor- o‘qituvchilari hamda talabalar almashinuv dasturlari asosida o‘qish, malaka oshirish, ilmiy tadqiqiotlar o‘tkazish, universitet ilmiy ishlaridan, kutubxonadan foydalanish imkoniyatlarini yaratish masalalari muhokama qilindi. Yakunda o’zdjtu va ege universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Kafedrada bakalavriat bo‘yicha quyidagi yo‘nalish mavjud:
1. 5120200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) kafedrada o‘qitiladigan fanlar
- tarjimada akt;
- yozma tarjima;
- og‘zaki nutq amaliyoti;
- o‘qish va yozish amaliyoti;
- ikkinchi chet tili (ingliz tili);
- tarjimonlik mutaxassisligiga kirish;
- tarjimashunoslik;
- amaliy tarjima;
- tarjimada madaniyatlararo muloqot;
- asosiy o`rganilayotgan chet tili;
- audiovizual tarjima;
- tarjimonlikdan maxsus kurs;