Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi
Kafedra mudiri: Xolmurodova Madina Alisher qizi
Filologiya fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Qabul vaqtlar: har kuni 12:00- 16:00
Tel: +998 93 907 77 78
E-mail: kholmurodovamadina599@gmail.com
Kafedra joylashgan bino: Ingliz filologiyasi fakulteti, 3-qavat
Kafedra tarixi: Nazariy fanlar kafedrasi 2021 yilda tashkil topgan. Bu qisqa davr ichida kafedrada juda ko‘plab yetuk olim va mutaxassislar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kafedralar orasida eng ilg‘or va ilmiy darajasi yetuk professor va o‘qituvchilar ish olib bormoqda.
Nazariy fanlar kafedrasi birinchi mudiri: katta o‘qituvchi Timanova Roza Valerevna 2021-2023 yilga qadar boshqargan. 2023-2024 yilga qadar Filologiya fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent O‘sarov Ibrohimjon kafedra mudir etib tayinlangan. 2024-2025 yilga qadar Filologiya fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xaydarov Ilhom To‘xtayevich boshqargan. 2025-yil 04-sentabrdan hozirgi qadar Filologiya fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xolmurodova Madina Alisher qizi boshqarib kelmoqda.
Kafedra tarkibi:
Nazariy fanlar kafedrasida 24 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi:
- Xolmurodova Madina Alisher qizi – kafedra mudiri
- Hamdamova Mahzuna Tursunovna – v.b.professor, DSc
- Nazarova Gulbaxor Аzimjon qizi – dotsent, PhD
- Mannonova Saodat Аrtikovna – v.b. dotsent PhD
- Xaitqulov Zaxriddin Xazratqul o‘g‘li – v.b. dotsent, PhD
- Reymov Bekkenbauyr Xodjametovich – katta o‘qituvchi, PhD
- Timanova Roza Valerevna – katta o‘qituvchi
- Аrifjanova Nilufar Mirsidikovna – katta o‘qituvchi
- Murtazaeva Аisafar Bazarkulovna – katta o‘qituvchi
- Аzimov Аzamat Xayrulloeivich – katta o‘qituvchi
- Sharipova Nilufar Egamnazarovna – katta o‘qituvchi
- Zokirova Dildora Baxtiyarovna – o‘qituvchi
- Аzimova Muxayyo Puladjonovna – o‘qituvchi
- Qiyomidinova Nilufar Qaxramon qizi – o‘qituvchi
- Novik Karina Rishatovna – o‘qituvchi
- Umaraliev Fazliddin Faxritdin oʼgʼli – o‘qituvchi
- Аshurov Bobir Shakirovich – o‘qituvchi
- Salimova Nilufar Аminjon qizi – o‘qituvchi-stajyor
- Majidova Feruza Islom qizi – o‘qituvchi-stajyor
- O‘ktamjonova Dilfuzaxon Nematjonovna – o‘qituvchi-stajyor
- Sobirova Feruza Islomjon qizi – o‘qituvchi-stajyor
- Satishova Fariza Yergʼali qizi – o‘qituvchi-stajyor
- Sanoqulova Marjona Avaz qizi – o‘qituvchi-stajyor
- Yo‘ldoshxonov Javohirbek Dilshodbek o‘g‘li – o‘qituvchi-stajyor
Kafedraning asosiy maqsadi:
O’zbekistonda tilshusnoslik sohasida yetuk kadrlarni tayyorlash.
Kafedarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini yuksak uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
- talabalarning bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertasiyalari va mustaqil izlanuvchilarga rahbarlik qilish;
- talabalar bilimini kredit-modul tizimi asosida adolatli baholash;
- kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish;
- darslik, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash va nashr etiladigan boshqa darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni muhokama qilib borish;
- kafedra professor-o‘qituvchilariga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun shart-sharoit yaratish;
- tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va keyingi bosqichlarga tavsiya etish;
- taʼlim, fan va ishlab chiqarishning integrasiyalashuvini taʼminlash;
- kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy va tashkiliy ishlar bo‘yicha shaxsiy rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
- tajribali professor-o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va ularni dars jarayoniga tatbiq etish.
Kafedraning ilmiy yo’nalishi:
- 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik chog`ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi
- 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi
Kafedrada o’qitiladigan fanlar:
- Qiyosiy tipologiya;
- Leksikologiya;
- Nazariy grammatika va til tarixi;
- Nazariy fonetika;
- Til va madaniyat;
- Amaliy lingvistika;
- Til sertifikatiga tayorlash amaliyoti;
- Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi
- Tilni baholash tamoyillari va amaliyoti;
- Stilistika;
- Turli yoshdagilarga chet tilini o'qitish;
- Tarjima nazariyasi va amaliyoti.
Kafedrada tayyorlanayotgan bakalavriat ta’lim yo’nalishi
60230100- Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili)
Kafedraning hamkor tashkilotlari: Uchtepa tumanidagi 283-oʻrta taʼlim
maktabi.
Kafedra yutuqlari: Kafedra a’zolari respublika va xalqaro miqyosda ilmiy tadqiqot faoliyatini faol olib bormoqdalar. Har yili o‘qituvchilar tomonidan ilmiy maqolalar, tezislar, monografiyalar hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etilmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘z ilmiy izlanishlarini tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjima nazariyasi, til o‘qitish metodikasi va zamonaviy pedagogik texnologiyalar yo‘nalishlarida olib boradilar. Shuningdek, kafedra xodimlari ilmiy loyihalar va grantlarda ishtirok etish, yosh tadqiqotchilarni ilmiy izlanishlarga jalb etish hamda ilmiy seminar va konferensiyalar tashkil etish orqali ilmiy muhitni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqdalar. Kafedra a’zolari tomonidan tayyorlangan ilmiy ishlanmalar respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda e’lon qilinib, universitetning ilmiy nufuzini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda.
Bundan tashqari, kafedrada faoliyat yuritayotgan yosh o‘qituvchilar va magistrantlar uchun muntazam ravishda ilmiy-uslubiy seminarlar, “Young Researchers”, “English for all ages” va “English for Academic Purposes” klublari doirasida ilmiy munozaralar, mahorat darslari va tajriba almashish uchrashuvlari tashkil etiladi. Bu esa nafaqat ilmiy salohiyatni oshiradi, balki yangi avlod tadqiqotchilarining shakllanishiga ham zamin yaratadi.