«Jismoniy madaniyat va sport» kafedrasi
Kafedra tarixi:
O‘zDJTUning Jismoniy madaniyat va sport» kafedrasi (oldingi jismoniy tarbiya) 1963-yilda Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika instituti tarkibida tashkil topgan. 1992-yil 12-maydagi №401 sonli PQga asosan Toshkent davlat chet tillar pedagogika instituti bilan Respublika Rus tili va adabiyoti pedogogika instituti birlashib O‘zDJTU tashkil etilgan. Kafedrada turli yillarda Respublikamizning yetakchi mutahasislari mehnat faoliyati yuritib, kafedra mudiri vazifasini bajarib kelishgan. Jumladan dotsent. G.N.Nurmuxamedov, katta o‘qituvchilari L.Ya.Velichko, M.A.Shaalimov, Sh.M.Muxamedjanov 2023 yildan boshlab E.O.Ochilov kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
KAFEDRANING ILMIY-PEDAGOGIK SALOHIYATI:
Bugungi kunda kafedrada 10 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi, shu jumladan 1 nafar PhD, 1 nafar professor, 1 nafar dotsent 3 nafar katta o‘qituvchi, 3 nafar o‘qituvchilar, 1nafar stajyor-o‘qituvchi. 2 nafari sport ustasi, 5 nafari sport ustaligiga nomzod: Kafedraning ilmiy salohiyati 20%ni tashkil etadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari JTSBMQTMOIda mutaxasislik bo‘yicha malakalarini oshirib kelmoqdalar.
Kafedra professor-o‘qituvchilari K.Raximqulov, E.Ochilov, Sh.Muxamedjanov, A.Xolikov, M.Shaalimov va X.Artikovlar tomonidan "Jismoniy tarbiya", “Jismoniy tarbiya va sport” nomli darslik. “Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi”, “Harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish metodikasi”, “Jismoniy tarbiya va sport”, "Kurash", "Boshlang`ich tayyorgarlik bosqichida mashg`ulotlarni tashkil etish (futbol)", "Kurash turlarini o`qitish metodikasi va nazariyasi" nomli o‘quv qo‘llanmalari, "Jismoniy madaniyat yo`nalishi talabalarining pedagogik amaliyoti jarayonini takomillashtirish" nomli monografiyasi chop etilgan.
KAFEDRA YUTUQLARI:
Kafedra professor-o‘qituvchilar tamonidan muntazam ravishda o‘tkazilib kelinayotgan sport to‘garaklarida o‘z sport maxoratlarini oshirib kelayotgan talaba yoshlarimiz nufuzli xalqaro, respublika va shahar muqyosidagi musobaqalarda ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqdalar.
\