Sarmoya va grantlar

2024-yilda universitetning 261 nafar professor-o‘qituvchisi malaka oshirish va stajirovka o‘tash, konferensiya, seminar, forum va shu kabi anjumanlarda ishtirok etish uchun xorijiy OTMlarga yuborildi.

 

Shuningdek 2024-yilda ERASMUS+, JICA, KOICA, DAAD, SES, Britaniya Kengashi va yurtimizdagi boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 169 nafar talaba (bakalavr, magistr va doktorant) til ko‘nikmalarini rivojlantirish, ushbu davlat tili, madaniyati hamda             urf-odatlari bilan yaqindan tanishish hamda xorijdagi hamkasblari bilan fikr almashish maqsadida hamkor xorijiy OTMlarga yuborildi.

 

Universitetda ta’lim sifatini jahon standartlariga moslashtirish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallarni keng joriy qilish maqsadida 2024-2025-o‘quv yilida AQSH, Kanada, Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Finlandiya, Polsha, Turkiya, Rossiya, XXR, Yaponiya, J.Koreya, Misr Arab Respublikasi, Jazoir, Hindiston kabi davlatlaridan 65 nafar xorijiy mutaxassis  faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

 

Hozirgi kunda universitetda 217 nafardan ortiq xorijiy talaba tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olmoqda. Ulardan 119 nafari bakalavr, 28 nafari magistr, 5 nafari doktorant, 25 nafar almashinuv dasturi talabalari, 40 nafar akademik litsey o‘quvchilari.

 

2024-yilda maqsadli ko‘rsatkichlarni amalga oshirish uchun xalqaro tashkilotlar, xalqaro loyihalar hamda beg‘araz ko‘maklar hisobidan universitetga qariyb 1 500 000 $ dan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilindi. 2025-yilning hozirgi holatiga ko‘ra, AQSH Davlat Departamenti, AQSH elchixonasi, Britaniya Kengashi, KOICA, JICA va shu kabi xalqaro fondlar, tashkilotlar va OTMlar bilan hamkorlikda 19 ta xalqaro loyiha amalga oshirildi hamda qariyb 180 320 $ dan ortiq investitsiya jalb qilindi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube