13-noyabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Şarq filologiyasi fakulteti turk tili öqituvçisi Arslanbekova Dilruxxon Şavkat qizi tomonidan 1-kurs 2628-guruh talabalari uçun turk tili fanidan “Kundalik hayot va hozirgi zamon (-yor)” mavzusida oçiq dars taşkil etildi.
Dars davomida talabalar kundalik hayotga oid yangi söz va iboralar bilan tanişib, turk tilida hozirgi zamonning (-yor) grammatik şakli qöllanilişi böyiça bilimlarini mustahkamladilar. Mavzuga oid amaliy maşqlar orqali turli vaziyatlarda gap tuziş va erkin muloqot qiliş könikmalarini rivojlantirdilar.
Oçiq dars interfaol va qiziqarli tarzda taşkil etilib, unda turli öyinlar, ijodiy topşiriqlar va jamoaviy maşğulotlardan foydalanildi. Bu esa talabalarga özlaştirgan grammatik bilimlarini amaliyotda qöllaş va turk tilida faol muloqot qiliş imkonini berdi.
Mazkur maşğulot talabalarning turk tiliga bölgan qiziqişini oşiriş, oğzaki nutq könikmalarini rivojlantiriş, söz boyligini kengaytiriş hamda grammatik bilimlarini mustahkamlaşga qaratildi.
2026-11-14 09-45