“MENING STARTAP LOYIHAM” — FAKULTET BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI!

“MENING STARTAP LOYIHAM” — FAKULTET BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakultetida rektorning 2026-yil 7-noyabrdagi I/160-son buyrug‘i asosida “Mening startap loyiham” tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov davomida talabalar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, istiqbolli startap loyihalari hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha takliflarini taqdimot shaklida hakamlar hay’atiga namoyish etdilar.

Ishtirokchilarning tashabbuskorligi, ijodiy yondashuvi va yangi g‘oyalari orqali tanlov yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish, innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi loyihalarga yo‘l ochishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, g‘olib deb topilgan loyihalar universitet bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

Zero, har qanday katta muvaffaqiyat, avvalo, kichik bir g‘oyadan boshlanadi!

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube