1948 yil 10-dekabr kuni BMT Bosh assambleyasining 217-rezolyutsiyasi bilan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilindi. 1950-yildan beri 10-dekabr Inson huquqlari kuni sifatida nishonlanadi. Joriy yil ushbu sanaga 76 yil to‘ldi. BMT a’zolari uchun tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lgan ushbu hujjatni tashkilotning 192 ta a’zo (barcha a'zosi) davlatlari imzolagan, jumladan, O‘zbekiston ham.
Shu munosabati bilan 2024 yilning 10 dekabr kuni Ingliz tili nazariy aspektlari № 3 kafedrasi o‘qituvchilari H.Xujaniyozova, M.Sultonova va L.Xayrullayeva, kafedra v.b dotsenti, Phd Z.A.Erdanova, kafedra katta o‘qituvchisi F.Mamatkulova hamda Ingliz tili № 3 fakulteti talabalari ishtirokida “10- dekabr - Inson huquqlari kuni” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Insoniyat oilasining hamma a’zolariga xos qadr-qimmat va ularning teng, ajralmas huquqlarini tan olish erkinlik, adolat va yalpi tinchlik asosi ekanligini, kishilar so’z erkinligi va e’tiqod erkinligiga ega bo’ladigan hamda qo’rquv va muhtojlikdan holi sharoitda yashaydigan dunyoni yaratish insonlarning ezgu intilishidir deb e’lon qilinganligini e’tiborga olinishi va odamlar o’z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo’lib tug’iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo’lishlari kerak. Bu kabi dolzarb fikrlar davra suhbatida davomida alohida ta'kidlandi.