12-may kuni OʻzDJTUda Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi boʻyicha Ilmiy kengash majlisi boʻlib oʻtdi

Dastur offline va ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi. 

 

 

Unda Raupova  Muhayyo Nasirovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjimada transformatsiya hodisasi: lingvokulturologik tadqiq”  mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi oʻtkazildi.

Muhokama jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube