2025-yil 24-may kuni O‘zbekiston davlat Jahon tillari universitetida “Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi

OʻzDJTU va “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda oʻtkazilgan dasturni rektor Ilxomjon Tuxtasinov oʻz nutqi bilan ochib berdi. 

 

 

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi ekologik partiyasi raisi, q/x f.d. professor Abdushukur Hamzayev, OʻzDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Otabek Yusupov, OʻzMU Ekologiya fakulteti Ekologiya kafedrasi biologiya fanlari doktori, professor Toʻraxon Raximova, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari Xayrulla Gapparov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi a’zosi, O'zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a'zosi Xayrulla Yusupov ishtirok etdi. 

Anjuman quyidagi 4 shoʻba asosida olib borildi:
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish;
Oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xoʻjaligi;
Yashil resurslar va Yashil transformatsiya. Ularni amaliyotga targʻib qilish;
Global ekologik muammolarni oʻrganishda chet tillarining ahamiyati

Konferensiyadan turli ekologik mavzulardagi chiqishlar, namoyishlar oʻrin oldi. 

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube