30-yanvar kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 6-son yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda universitet faoliyatiga doir muhim masalalar muhokama qilindi.

Avvalida OʻzDJTU Kengashi raisi, rektor Ilxomjon Tuxtasinov Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari hamda vazirlik koʻrsatmalarining ijrosi, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati boʻyicha maʼlumot berdi.

Shundan soʻng, universitet rahbariyati vakillari tomonidan turli axborotlar berildi:

 Moliya-iqtisod masalalari – 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektor Maqsudjon Hamrayev hisobot taqdim etdi.
 Xalqaro hamkorlik – xorijiy oliygohlar bilan aloqalar va ularning natijalari haqida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor Abdurahim Nasirov axborot berdi.


 Ilmiy tadqiqotlar – oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga qabul qilingan tadqiqotchilar va ularning mavzulari tasdiqlandi (Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Otabek Yusupov).
 Oʻquv jarayoni – universitetning darslik va oʻquv qoʻllanmalar bilan taʼminlanganligi boʻyicha Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi Yusufjon Azzamov hisobot berdi.
 Yoshlar siyosati – OʻzDJTU Yoshlar ittifoqi faoliyatining 2024/2025 oʻquv yilining 1-choragidagi natijalari haqida “Yoshlar ittifoqi” OʻzDJTU boshlangʻich tashkiloti yetakchisi Sevinch Islomova axborot berdi.
 Raqamli taʼlim – bakalavr va magistrlar uchun dissertatsiya mavzularini tanlash uchun yagona platforma ishlab chiqish masalasi koʻrib chiqildi. (Raqamli taʼlim texnologiyalari markazi boshligʻi Sobir Tuychiyev).
Kutubxona tizimi – universitet Axborot-resurs markazining oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlanishi va elektron kutubxona faoliyati muhokama qilindi (Axborot-resurs markazi direktori Saida Kayumova).
Taʼlim sifati – Ingliz tili 1-fakultetidagi oʻquv, ilmiy-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yuzasidan Intizomiy komissiya xulosasi taqdim etildi (Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Muhammad Chutpulotov).
 Bitiruvchilar monitoringi – 2023/2024 oʻquv yili bitiruvchilarining bandlik holati va til bilish darajasi boʻyicha sertifikat olish monitoringi natijalari taqdim etildi.

Yigʻilish davomida turli masalalar ham koʻrib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube