BESH TASHABBUS — SPORT MUSOBAQALARI DAVOM ETMOQDA!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Besh muhim tashabbus” doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan sport musobaqalariga start berildi.

Tarjimonlik fakulteti dekani Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovich musobaqalarni tantanali ravishda ochib berdi.
Fakultet talabalari o‘rtasida tashkil etilayotgan bellashuvlarda yoshlar yuqori faollik va ko‘tarinki kayfiyat bilan ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, jamoaviy hamkorligi hamda sport mahoratini namoyish etmoqda.

Mazkur musobaqalar talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ular o‘rtasida do‘stlik, jamoaviylik, o‘zaro hurmat va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
Sport — sog‘lom avlod, kuchli jamoa va yuksak marralar garovi!