Ogohlik — davr talabi: Sog'lom turmush tarzi va xavfsiz kelajak sari

Ogohlik — davr talabi: Sog'lom turmush tarzi va xavfsiz kelajak sari

​Yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish, ularning tibbiy savodxonligini oshirish hamda xavfli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan targ'ibot tadbirlarni davom etmoqda.

​Shu munosabat bilan, Xalqaro jurnalistika fakultetida talaba-yoshlarning intellektual va ma'naviy salohiyati bilan bir qatorda, ularning jismoniy salomatligini ta'minlash maqsadida Dekan muovini D. Xoshimova hamda tyutor M. Abdullayeva tashabbusi bilan uchrashuv tashkil etildi.

​Tadbirga Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi vrachi Zoirov Muhammadjon Zoirovich tashrif buyurdi. Mutaxassis o'z ma'ruzasida OIV/OITS infeksiyasining kelib chiqish sabablari, uning organizmga ta'siri, profilaktika choralari hamda zamonaviy tibbiyotdagi yondashuvlar haqida batafsil to'xtalib o'tdi. Shuningdek, kundalik hayotda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan xavfsiz turmush tarzi qoidalariga alohida urg'u berildi.

​Suhbat davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassisdan aniq va asosli javoblar olishdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube