7-oktabr kuni OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida “Milliy qonunchilikdagi diniy faoliyatni tartibga soluvchi ayrim huquqiy- me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.



Tadbir avvalida, fakultet dekani Amrullo Karimov yurtimiz tinchligi barqarorligini ta’minlashda mavzuga alohida etibor qaratish zarur ekanligini takidlab o'tdi.


 
Mavzu doirasida, Toshkent shahar IIB axborot texnologiyasi sohasifagi jinoyatchilikka qarshi kurashish Uchtepa tumani bo'limi boshlig'i Dilshod Abdurahmonov, professor o'qituvchilar Davron Muitov hamda Muhammadjon Islomovlar ma'ruza qildi.



Suhbat davomida, diniy ekstremizmga qarshi kurashish va yoshlarni diniy ekstremizmga qoʻshilishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirilib videoroliklar taqdim etildi. Talabalar taqiqlangan maʼruzalarni eshitmaslik, tarqatmaslik boʻyicha ogohlantirildi. Tadbirda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube