Dissertatsiya ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi
2026-yil 27-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda ZOOM onlayn platformasi orqali dissertatsiya ishlari bo‘yicha ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Shokirov Sherali Ibrohimovichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Turli tizimli tillar persepsiyasida simmetrik va asimmetrik munosabat” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi atroflicha muhokama qilindi.
Ilmiy seminar davomida tadqiqotning dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi hamda olingan natijalarning ishonchliligi yuzasidan batafsil fikr-mulohazalar bildirildi. Dissertatsiya ishining ilmiy maslahatchisi, filologiya fanlari doktori (DSc), professor Yakubov Jamalidin Abduvaliyevich tadqiqot jarayoni va erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdi.
Muhokama jarayoni ilmiy ruhda, savol-javoblar asosida tashkil etildi.
Seminar yakunida dissertatsiya ishi belgilangan talablarga mos ekani qayd etilib, uni keyingi bosqichga tavsiya etish bo‘yicha tegishli xulosa bildirildi.