17-yanvar kuni O‘zDJTUda Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi. 

Offline va ZOOM onlayn platforma orqali bo‘lib o‘tagan Ilmiy kengash majlisi kun tartibidan Eshonkulova Gulrux Yunusovnaning 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Filologik yo‘nalishdagi talabalarga ingliz tili antropotsentrik maqollarni o‘rgatishning lingvodidaktik asoslari” mаvzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaning himoyasi o‘rin oldi.

Himoya jarayonida ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdilar. 

Tadqiqotchi Gulrux Eshonkulova ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga puxta va asosli javoblar taqdim etdi. Rasmiy opponentlar dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilm-fan sohasiga qo‘shadigan hissasi, o‘rganilganlik darajasi va ilmiy yangiligiga alohida to‘xtalib, ishni ijobiy baholadilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube