15-iyunga qadar OʻzDJTUda barcha talabalardan yakuniy imtihonlar olib boʻlingani bois koʻpchilik talabalar yozgi taʼtilga chiqib, oilasi bagʻriga qaytib ketishdi. Shuning uchun universitetga qarashli 7 ta talabalar turar joyidagi koʻplab oʻrinlar boʻshab qoldi.
Shu kunlarda yuz bergan mudhish hodisa sabab universitetda tahsil olayotgan talabalarni nazoratga olish, ularning xavfsizligini taʼminlash niyatida talabalarni imkon qadar bir joyga jamlash maqsad qilindi.
Shu bois, hozirda oʻquv yili yakuniga qadar, talabalar turar-joyidan foydalanayotgan talabalarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida universitetga qarashli bitta hududda joylashgan ikkita TTJdagi talabalarni bittasiga koʻchirib oʻtkazish va ularni doimiy nazorat qilish ishlari yoʻlga qoʻyilmoqda.
Aziz talabalar! Vaziyatga toʻgʻri baho berishingizni, bu jarayonlarni notoʻgʻri talqin qilmasligingizni va jarayonlarda biror muammoga duch kelsangiz, avvalo, universitet rahbariyatiga murojaat qilishingizni soʻraymiz.
Murojaat uchun telefon raqami: (97) 777 99 26 — Otabek Ibragimov, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi