Filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 10-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasining Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlis offline va ZOOM onlayn platformasi orqali o‘tkazildi.

 

 

Kun tartibiga muvofiq, Mengliyeva Munira Baxtiyor qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Ingliz va o‘zbek tillarida fe’l aspektual ma’nolarining ifodalanishi va tipologiyasi” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi tinglandi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy kengash a’zolari hamda rasmiy opponentlar ishtirok etdi.

Tadqiqotchi o‘z ilmiy ishining maqsadi, dolzarbligi, asosiy natijalari va ilmiy yangiliklari haqida batafsil ma’lumot berdi.

 

 

Kengash a’zolari va opponentlar dissertatsiya ishi yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, ishni yuqori baholadilar.

Majlis yakunida Mengliyeva Munira Baxtiyor qizining dissertatsiyasi ijobiy baholanib, filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ochiq himoyaga tavsiya etildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube