19-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari hamda Fransiya delegatsiyasi a’zosi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Dastur Fransiyaning Lion-2 universiteti fransuz tili oʻqituvchisi Stefani Paliss, O‘zDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A.Nasirov, Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri G.Raximova, fransuz tili oʻqituvchisi Gʻ.Masharipov ishtirokida o‘tdi.
Uchrashuv avvalida rektor Ilxomjon Madaminovich Oʻzbekistonda Fransiya bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan universitet malakali kadrlar tayyorlash, taʼlim sifati va jarayonini yanada takomillashtirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Dastur davomida Oʻzbekiston-Fransiya universitetida fransuz tili magistratura mutaxassisligi oʻquv reja va dasturlari, Oʻzbekistonda fransuz tili boʻyicha kadrlar tayyorlash sifatini ko‘tarish, fransuz tili oʻqituvchilari malakasini oshirish, OʻzDJTU Fransuz tili oʻqituvchilarini Oʻzbekiston-Fransiya universitetiga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.