14-may kuni OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlar kafedrasi tomonidan “Oʻqituvchilar taʼliminining tadqiqotlarga asoslangan transformasiyasi: anʼana – innovatsiya asosi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilish marosimida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, kirish soʻzi bilan tadbirni ochib berdi.

Shuningdek, anjuman doirasida yalpi majlis boʻlib oʻtdi. “Oʻqituvchilar taʼliminining tadqiqotlarga asoslangan transformasiyasi: anʼana- innovatsiya asosi” mavzusidagi mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 5 ta shoʻba yigʻilishlaridan iborat boʻldi.

Shoʻba yigʻilishlarida ishtirokchilar tomonidan konferensiya mavzusiga oid maʼruzalar oʻqib eshittirildi.

Shoʻbalar “Zamonaviy oʻqituvchi taʼlimida etnik va madaniy omillar: mintaqaviy, milliy va xalqaro tajriba”, “Madaniyatlararo kompetensiya: zamonaviy taʼlim sharoitida madaniyatlararo tushunish va muloqot koʻnikmalarini rivojlantirish”, “Oʻqituvchilar malakasini oshirish va koʻp madaniyatli pedagogika: madaniy jihatdan xilma-xil oʻquvchilarni samarali oʻqitish uchun kasbiy pedagogik bilim, malaka va muomala”, “Texnologik va raqamli boʻshliq: texnologiya, raqamli resurslar va onlayn taʼlim platformalaridan foydalanishning turli etnik-madaniy guruhlar oʻrtasidagi taʼlim tengligiga taʼsiri”, “Taʼlimning innovatsion pedagogik texnologiyalarining zamonaviy shakllarini rivojlantirish masalalari” mavzusilarida tashkil etildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube