O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar uchun 2026-yil 20-fevral kuni o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar doirasida “Adabiyotshunoslikka oid tadqiqotlarning dissertatsiya talablariga muvofiqlik mezonlari: milliy va xalqaro tajriba” mavzusida professor M.Y. Umarova ma’ruza qildi. Ma’ruzada ilmiy ishlarning dolzarbligi, metodologik asoslari, ilmiy yangiligi hamda dissertatsiya talablariga moslik mezonlari atroflicha yoritildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzu yuzasidan batafsil tushuntirishlar oldilar. Seminar ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirishga qaratilgan ochiq va mazmunli muloqot ruhida kechdi.