Ingliz tili ikkinchi fakultetida 1-kurs talabalari kutib olindi

Ingliz tili ikkinchi fakultetida 1-kurs talabalari kutib olindi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili ikkinchi fakultetida 2026/2027-o‘quv yilida tahsil olish uchun qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining yangrashi bilan boshlandi. Marosimni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berib, yangi talabalarni talabalik maqomiga ega bo‘lganlari bilan samimiy tabrikladi hamda ularga o‘qishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Tadbir davomida eng yuqori natijalar bilan talabalikka qabul qilingan yoshlar rektor tomonidan tabriklanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, talabalarning ota-onalari ham so‘zga chiqib, farzandlarini talabalikka qabul qilingani bilan muborakbod etdilar. Faol ishtirok etgan ota-onalarga universitet rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

 “Ma’rifat darsi”

Yangi o‘quv yilining ilk kunida 1-kurs talabalari uchun “Kelajak soati”ning 1-mavzusi — “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida “Ma’rifat darsi” tashkil etildi.

Dars davomida talabalarga mustaqillikning mazmun-mohiyati, mamlakatimiz taraqqiyoti, yoshlarning jamiyatdagi o‘rni va kelajak oldidagi mas’uliyati haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, talabalar universitetning ichki tartib-qoidalari, ta’lim jarayoni, fakultet faoliyati hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi.

Dars jarayonida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.

Tadbir yakunida yangi talabalarga bilim olish va izlanish yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube