ÖZDJTU REKTORI 6-SONLI TALABALAR TURAR JOYIDA XORIJIY TALABALAR BILAN SUHBATLAŞDI
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetning 6-sonli talabalar turar joyiga taşrif buyurib, u yerda istiqomat qilayotgan xorijiy talabalar bilan samimiy suhbatlaşdi.

Muloqot davomida talabalarning yaşaş şaroitlari, kundalik hayoti, taʼlim olişi uçun yaratilgan imkoniyatlar hamda turar joydagi mavjud qulayliklar bilan qiziqildi. Şuningdek, xorijiy talabalar özlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va mulohazalarini bildiriş imkoniga ega böldi.
Rektor talabalar bilan muloqotda ularning yaşaşi va taʼlim olişi uçun munosib şaroitlar yaratiş, murojaat va takliflarga eʼtibor qaratiş muhimligini taʼkidladi. Suhbat davomida bildirilgan fikrlar yuzasidan masʼullarga tegişli körsatmalar berildi.
