ÖzDJTUda Koreya Respublikasi Kyonggido viloyati Taʼlim boşqarmasi vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi

ÖzDJTUda Koreya Respublikasi Kyonggido viloyati Taʼlim boşqarmasi vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi

2026-yil 5-noyabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov Koreya Respublikasining Kyonggido viloyati Taʼlim boşqarmasi vakillaridan iborat delegatsiya bilan uçraşuv ötkazdi.

Uçraşuvda Kyonggido viloyati Taʼlim boşqarmasi Demokratik fuqarolik taʼlimi bölimi boşliği Kim Yn-jöng boşçiligidagi delegatsiya, şuningdek, universitetning xalqaro hamkorlik masalalari böyiça prorektori Abdurahim Nosirov, masʼul xodimlar va fakultet vakillari iştirok etdi.

 


Suhbat avvalida mehmonlarga universitetning sönggi yillardagi faoliyati, taʼlim yönalişlari, xalqaro hamkorligi va erişgan yutuqlari haqida maʼlumot beruvçi videorolik namoyiş etildi.

Uçraşuv davomida universitetda koreys tilini öqitişning bugungi holati haqida maʼlumot berildi. Jumladan, koreys tili 1995-yildan buyon ikkinçi çet tili sifatida, 2017-yildan esa asosiy çet tillaridan biri sifatida öqitib kelinayotgani, ayni paytda 1 000 nafardan ortiq talaba uşbu tilni örganayotgani taʼkidlandi. Şuningdek, 32 nafar mutaxassis, jumladan, Koreya Respublikasidan kelgan 8 nafar mutaxassis koreys tili maşğulotlarini olib borayotgani qayd etildi.

Şu bilan birga, Koreyaning qator nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan yölga qöyilgan hamkorlik aloqalari, talabalar akademik almaşinuvi hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan amalga oşirilayotgan loyihalar haqida söz yuritildi. Xususan, 2025–2026-yillarda KOICA tomonidan ajratilgan 1 116 000 AQŞ dollari miqdoridagi grant doirasida «Koreya taʼlim va madaniyat markazi» taşkil etilgani, koreys tili va madaniyatini örgatiş, K-pop, taekvondo va boşqa yönalişlarda tögaraklar faoliyati yölga qöyilgani maʼlum qilindi.

 


Muzokaralarda mahalliy talabalar va koreys millatiga mansub vatandoşlar uçun koreys tili taʼlim dasturlarini hamkorlikda amalga oşiriş, «Kyonggido koreys tili lingvistik maktabi» (Gyeonggi Korean Language Sçool – KLS) taʼlim kontentini öquv jarayoniga integratsiya qiliş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, Kyonggido viloyati maktab va oliy taʼlim muassasalari bitiruvçilarini universitetning bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqiçlariga jalb etiş, çet tillari öqituvçilarining malakasini oşiriş hamda taʼlim sohasidagi xalqaro aloqalarni rivojlantiriş böyiça takliflar bildirildi.

Uçraşuv yakunida tomonlar koreys tili taʼlimi, akademik almaşinuv va qöşma taʼlim dasturlari yönalişlarida hamkorlikni kengaytirişdan manfaatdor ekanliklarini bildirib, istiqboldagi hamkorlik yönalişlarini belgilab olişga kelişib oldilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube