Olima ayollar Ispaniyada tajriba almashishdi.
Joriy yilning 3-17 avgust kunlari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti professorlari Laylo Ahmedova, Dilfuza Teshaboyeva va Mahfuza Ortiqova (PhD), tadqiqotchilar Gulnoz Tolibova, Shahnoza Parpiyeva hamda Navroʻza Uktamova “Butunjahon olima ayollarini qoʻllab-quvvatlash” dasturi asosida Ispaniyada malaka oshirib qaytdilar.
Til va madaniyat kursi mobaynida universitetimiz olima ayollari Alikante, Valensiya, Sevilya shaharlarida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar, tilshunos olimlar bilan tajriba almashishdi. Shuningdek, Oʻzbekistonning boy tarixi, madaniyati, mamlakatimizda zamonaviy fanlarning oʻqitilishi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyati haqida xorijlik hamkasblarga ma’lumot taqdim etishdi.
Tashrif davomida Ispaniyaning Valensiya, Alikante universitetilari, Chexiya oliy taʼlim tizimi vakillari, Erasmus dasturi koordinatorlari bilan oʻtgan muzokaralar samarali yakunlandi.