Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida jurnalist, huquqshunos, ijtimoiy tarmoqlarda millionlab kuzatuvchilarga ega bloger, taniqli aktyor, motivator Otabek Mahkamov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv avvalida, Otabek Mahkamovning “Yuksaklik sari tasodif boʻlmagan 100 ta uchrashuv” nomli kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi. Ijodkor tomonidan O’zDJTU kutubxonasiga hamda tadbir tashkilotchisi hisoblangan Xalqaro jurnalistika fakultetiga “Yuksaklik sari tasodif boʻlmagan 100 ta uchrashuv”  kitobi taqdim etildi.


 
Taqdimotdan soʻng, talabalar ijodkorga oʻzlarini qiziqtirgan savollarni yoʻllab, javob olishdi. Ijodkorga manzur  boʻlgan eng yaxshi savol egasi mehmonning kitobini sovg’a sifatida qoʻlga  kiritdi.  

Uchrashuv  soʻngida, Otabek Mahkamov OʻzDJTU rektori  Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan  tashakkurnoma va kitoblar to’plami bilan taqdirlandi.

2024-01-17 03-08

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi