O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti fakultetlarining hisobot yig‘ilishlari davom etmoqda
7-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetida 2025–2026-o‘quv yili yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda fakultet dekani Ulug‘bek Yo‘ldoshev tomonidan universitet rahbariyati va mas’ul xodimlariga fakultetning o‘tgan o‘quv yilidagi faoliyati yuzasidan hisobot taqdim etildi.
Hisobot davomida Tarjimonlik fakultetining bir yil mobaynida:
- ma’naviy-ma’rifiy faoliyati;
- o‘quv-uslubiy ishlari;
- ilmiy salohiyati;
- xalqaro aloqalar va hamkorliklari;
- moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha erishilgan natijalar tahlil qilinib, takomillashtirilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, 2025–2026-o‘quv yili davomida uchragan muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirildi hamda 2026–2027-o‘quv yili uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish davomida universitet rahbariyati, prorektorlar va tegishli bo‘limlar mas’ullari tomonidan fakultet faoliyati yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Fakultet jamoasi esa yangi o‘quv yilida ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli rejalarini taqdim etdi.