O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Eng yaxshi esselar” tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi

 

Talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini yuksaltirish, ularning fuqarolik pozitsiyasi va huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan “Eng yaxshi esselar” respublika tanlovining O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bosqichi joriy yilning 17-may kuni bo‘lib o‘tdi.

 

Tanlovda universitetning turli fakultetlarida tahsil olayotgan bakalavriat talabalari ishtirok etdilar. Talabalar esse yozish orqali korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi qarashlari , takliflari hamda ijtimoiy-huquqiy bilimlarini namoyon etdilar.

 

 Tanlov uch bosqichda tashkil etilgan bo‘lib, universitet bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar keyingi — hududiy bosqichda qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

Ishtirokchilar o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida 12 varaqli muhrlangan daftarda esse yozib, adolatli baholash mezonlariga ko‘ra saralandi.

Tanlovning Respublika final bosqichi g‘oliblari quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:
 1-o‘rin — 6 million so‘m, diplom va statuetka
 2-o‘rin — 5 million so‘m
 3-o‘rin — 4 million so‘m

 

Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etgan talabalar universitetning faxriy yorliqlari bilan taqdirlanadi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube