O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ilhom” mukofoti tanlovi g‘oliblari aniqlandi

15-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘i asosida talaba-yoshlar o‘rtasida “Ilhom” mukofoti tanlovining universitet bosqichi yakuniga yetdi.

Tanlovda talaba-yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodini o‘rganish, milliy adabiyotimiz namunalarini tarjima qilish hamda ilmiy-ijodiy faoliyatini rag‘batlantirish kabi maqsadlar belgilangan bo‘lib, unda universitetda tahsil olayotgan iqtidorli yoshlar faol ishtirok etishdi.

Tadbirda universitet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, talabalar ishtirok etdi. Ishtirokchilar tanlovning ahamiyatiga to‘xtalib, uning yoshlarda vatanparvarlik, ma’naviy yuksaklik va adabiyotga mehr uyg‘otishdagi o‘rnini alohida ta’kidladi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra quyidagi talabalar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin – Xaldurdiyeva Oguljeren Abajan qizi, Ingliz tili filologiyasi fakulteti, 2-kurs talabasi
2-o‘rin – Bahodirova Rayhona Suhrob qizi, Ingliz tili 1-fakulteti, 2-kurs talabasi
3-o‘rin – Qalandarova Ro‘zaxon Fayzulla qizi, Roman-german filologiyasi fakulteti, 4-kurs talabasi

Shuningdek, tanlovda adiblarning asarlarini tarjima qilgan, ilmiy-ommabop tadqiqotlar olib borgan, sahna va kino asarlari yaratgan ishtirokchilar alohida e’tirof etilib, test sinovisiz keyingi bosqichga o‘tkazilishi ta’kidlandi.

Tanlov natijalari asosida g‘oliblar “Ilhom” mukofotining Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube