OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti jamoasi tomonidan universitetda seminar-kursning navbatdagisi boʻlib oʻtdi. 

Seminar-kurs Ingliz tili funksional leksikasi kafedrasi mudiri N.Kushiyeva tomonidan tashkil etilgan boʻlib, "Exploring and understanding todayʼs demands for foreign languages: Going beyond English language competencies" mavzusida 2 oyga moʻljallangan 20 soatlik kursni oʻz ichiga oladi.

Seminar tashkil qilishdan maqsad universitet oʻqituvchilarining malakasini va til oʻqitish metodikasini rivojlantirishga qaratilgan. 

5 dekabrda seminarning 4-darsi boʻlib oʻtdi va unda Klara Nazmutdinova spiker sifatida ishtirok etdi. Oʻquv dasturlari va ularni rivojlantirish (Curriculum Development)ning eng muhim jihatlari yoritib berildi!

Seminar yakunida Klara Nazmutdinovaga sertifikat topshirildi. Seminar qizgʻin va bahslarga boy oʻtdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube