OʻzDJTU professorlarining MUNIS loyihasi doirasidagi xalqaro treningdagi ishtiroki

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti professori Gʻanisher Rahimov hamda Ingliz tili 1-fakulteti dekani, professor Guli Ergasheva Jahon banki ko‘magida amalga oshirilayotgan “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasidagi nufuzli o‘quv-treningda muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.

Mazkur trening 2025-yil 29-sentabrdagi MUNIS/CS/CQS/27-sonli shartnomaga muvofiq, Qozogʻiston Respublikasi Loyiha menejerlari ittifoqi hamda Moytra Management konsorsiumi tomonidan amalga oshirilayotgan “Ilmiy loyihalarni boshqarish milliy standartini ishlab chiqish, sertifikatlashtirish tizimini yaratish va ilmiy kadrlar tayyorlash” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Oʻzbekiston boʻylab saralab olingan 100 nafar mutaxassis, loyiha rahbarlari va assistentlar joriy yilning 11–13-fevral kunlari “Xalqaro standartlar asosida ilmiy loyihalarni boshqarish” mavzusida intensiv o‘quv-treninglarda ishtirok etib, ilmiy-amaliy loyihalar bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar.

Uch kunlik trening 35 akademik soatni qamrab olib, Project Management Institutening PMBOK metodologiyasi asosida, xalqaro mutaxassislar ishtirokida tashkil etildi. Trening yakunida ishtirokchilarga loyihalar boshqaruvi bo‘yicha xalqaro darajadagi PMI PMBOK sertifikati topshirildi.

Professorlarning ushbu nufuzli dasturdagi ishtiroki OʻzDJTUda ilmiy tadqiqotlarni boshqarish, grant loyihalarini samarali amalga oshirish hamda xalqaro standartlarga mos ilmiy menejment tizimini takomillashtirish borasidagi sa’y-harakatlarni yangi bosqichga olib chiqmoqda.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube