O‘zDJTU rahbariyati AIEA konferensiyasida ishtirok etmoqda
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich hamda prorektor Yusupov Otabek Yakubovich AQSHning Vashington shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro Ta’lim Administratorlari Assosiatsiyasi (AIEA) konferensiyasida ishtirok etmoqda. Mazkur nufuzli anjumanda respublikamiz hamda dunyoning turli mamlakatlaridan qator ta’lim tashkilotlari vakillari qatnashmoqda.

Konferensiya davomida istiqbolli xalqaro hamkorlik strategiyalarini ishlab chiqish, samarali hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish hamda hamkorlikka oid qarorlarni qabul qilishning amaliy jihatlari muhokama etilmoqda.

Shuningdek, ishtirokchilar xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu ishtirok universitetning xalqaro maydondagi aloqalarini kengaytirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan.