O‘ZDJTU REKTORI ANGREN FAKULTETI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda Angren fakultetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida fakultetdagi o‘quv xonalari, kompyuter xonalari va mavjud o‘quv jihozlari ko‘zdan kechirildi. Rektor ta’lim jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, mashg‘ulotlar tashkil etilishiga e’tibor qaratdi.
Shuningdek, rektor dars jarayonlarida ishtirok etib, talabalar bilan suhbatlashdi, ularning fikr-mulohazalari va takliflarini tingladi. Muloqot davomida ta’lim sifati, o‘quv sharoitlari hamda talabalarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
