TAYANCH DOKTORANTLAR, DOKTORANTLAR VA MUSTAQIL IZLANUVCHILAR UCHUN ILMIY SEMINAR O‘TKAZILDI

TAYANCH DOKTORANTLAR, DOKTORANTLAR VA MUSTAQIL IZLANUVCHILAR UCHUN ILMIY SEMINAR O‘TKAZILDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar uchun ilmiy seminar tashkil etildi.

“Tadqiqotda ilmiy platformalar va sun’iy intellekt integratsiyasi” mavzusidagi seminarda filologiya fanlari doktori, professor Nilufar Abduraxmonova Zaynobiddin qizi ma’ruza qildi.

Seminar davomida ilmiy tadqiqotlarda zamonaviy ilmiy platformalardan samarali foydalanish, sun’iy intellekt imkoniyatlarini tadqiqot jarayoniga integratsiya qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javob oldilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube