Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari Temuriylar tarixi muzeyi va Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonaga tashrif buyurishdi
Yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish va ma'naviy dunyoqarashini boyitish maqsadida Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari tyutor S.Ochilova boshchiligida Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga ma’rifiy ekskursiya uyushtirishdi.
Dastlab talabalar Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo'lib, Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar davriga oid nodir eksponatlar, qo'lyozmalar va tariximiz zarvaraqlarini aks ettiruvchi manbalar bilan yaqindan tanishishdi.
Tadbir davomida talabalar Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurishdi. U yerda talabalarga kutubxonaning boy fondi, zamonaviy o'quv zallari, elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari hamda axborot-kutubxona tizimi faoliyati haqida batafsil ma'lumot berildi.
Bunday ma'rifiy va madaniy tadbirlar talabalarning bilim va ko'nikmalarini oshirishda hamda ularni doimiy mutolaaga undaydi.
2026-10-09 12-38