O‘zDJTUda “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarining saralash bosqichi davom etmoqda
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-kurs talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining saralash bosqichi ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalarning bugungi bahslarida talabalar voleybol, stol tennisi va yengil atletika sport turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.
Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, sport mahorati va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdi.
Mazkur musobaqalar talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda iqtidorli sportchilarni saralab olishga xizmat qilmoqda.
Saralash bosqichi davomida aniqlangan iqtidorli va salohiyatli yosh sportchilar kelgusida universitet sharafini nufuzli sport musobaqalarida himoya qilish maqsadida terma jamoalar mashg‘ulotlariga jalb etildi.