O‘zDJTUda dissertatsiya muhokamasi bo‘lib o‘tdi

17-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorat binosi 7-qavatida oflayn hamda ZOOM platformasi orqali ilmiy seminar doirasida dissertatsiya muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Fozilov Mirvoxid Mirsultonovichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “E.S. Tompson asarlari tarjimalarida zoonimlarning verbalizatsiyalashuvi (ingliz, o‘zbek va rus tillari materiallari asosida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Muhokama davomida tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda olingan natijalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Seminar ishtirokchilari tomonidan ilmiy ish yuzasidan tegishli tavsiyalar va mulohazalar bildirildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube