O‘zDJTUda navbatdagi dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

6-may kuni Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyani himoya qilishga bag‘ishlangan ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis an’anaviy (offline) va masofaviy (ZOOM platformasi orqali) shakllarda tashkil etildi.

 

 

Majlisda Djalalova Sayyora Mirxaydarovna tomonidan 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “O‘zbekistondagi nolingvistik oliy o‘quv yurtlari talabalarida rus tili bo‘yicha lingvistik kompetentsiyani takomillashtirishning tayanch texnologiyasi” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya mavzusining ilmiy-nazariy asoslari, tadqiqot metodlari va amaliy natijalari yuqori baholandi va  dissertatsiya muvaffaqiyatli himoya qilingan deb topildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube